14:16 / 31.03.2023
6096

Xitoyda sanoat o‘sishi darajasi sekinlashdi

Xitoy iqtisodiyoti rasmiylar COVID-19 bo‘yicha «nol toqatlik» siyosatidan voz kechganidan so‘ng tiklanishda davom etmoqda, ammo xaridlar menejyerlari indeksining mart oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, uning sur’ati sekinlashdi.

Foto: AP

Koronavirusga qarshi qattiq cheklovlar olib tashlanganidan keyin Xitoy iqtisodiyoti tiklanishda davom etmoqda, biroq uning sur’ati sekinlashdi: mart oyida sanoat korxonalari sohasida xarid bo‘yicha menejyerlar indeksi (PMI) 52,9 punktdan 51,9 punktga tushdi. Bu ma’lumot 31 mart, juma kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi tomonidan e’lon qilindi. Mutaxassislar yanada sezilarli pasayishni prognoz qilyapti

«Xitoyning ishlab chiqarish sektori ketma-ket uch oy davomida kengayish oralig‘ida bo‘ldi, bu mamlakat iqtisodiyotining barqaror tiklanishidan dalolat beradi», - deya ta’kidlaydi Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi. 

Mamlakatda ishlab chiqarish va operatsion faoliyatni rivojlantirish istiqbollari indeksi 55,5 ni tashkil etdi. 

Shu bilan birga, ishlab chiqarishdan tashqari tarmoqlarda xarid menejyerlari indeksi (PMI) mart oyida fevral oyiga nisbatan 1,9 punktga oshib, 58,2 punktga yetdi. Xitoyning ushbu sohalardagi mart PMI ko‘rsatkichi 2011 yil may oyidan beri eng yuqorisi bo‘ldi. 

50 punktdan yuqori bo‘lgan PMI ko‘rsatkichi sanoatdagi o‘sishni ko‘rsatadi, 50 punktdan past ko‘rsatkichlar esa faoliyatning qisqarishini bildiradi. 

2022 yilda Xitoy iqtisodiyoti COVID-19’ga nisbatan «nol toqatlik» siyosati va u bilan bog‘liq qat’iy cheklovchi choralarning salbiy oqibatlarini his qildi. Dekabr oyida mamlakat hukumati bu siyosatdan voz kechdi. Natijada, 2023 yil yanvar oyida xarid menejyerlari indeksi sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) Xitoy yalpi ichki mahsuloti 2023 yilda 5,2 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. 

Top