11:59 / 20.05.2023
8146

Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tib, urush uchun Qozog‘istondan dron sotib olyapti - OAV

Qozog‘istondan Rossiyaga mikrosxemalar eksporti ikki baravarga oshdi - 245 ming dollardan 18 million dollarga, deb xabar bermoqda "Vajnyye istorii" va Der Spiegel nashri.

"Vajnyye istorii", Germaniyaning Der Spiegel haftaligi va Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik bo‘yicha tadqiqoti markazi tomonidan 19 may, juma kuni chop etilgan surishtiruvga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qurolli bostirib kirgani uchun kiritilgan G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, har oy millionlab dollarlik uchuvchisiz uchish apparatlari va mikroelektronika sotib olyapti.
 
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasiga uchuvchisiz uchoqlar yetkazib beruvchi asosiy kompaniyalardan biri bo‘lgan, Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirganidan keyin tashkil etilgan Qozog‘istonning “Aspan arba”si va uning rossiyalik hamkori, Moskvadagi “Nebesnaya mexanika” kompaniyasi bir xil shaxslarga tegishli. "Nebesnaya mexanika" tovarlari, xususan, qurolli to‘qnashuvlar faxriylari hududiy federatsiyasi "Rys", Kamchatka viloyati urush va mehnat faxriylari kengashi, shuningdek, Rossiya harbiy xizmatchilari xaridlarni amalga oshiruvchi Ozon'dagi do‘kon tomonidan sotib olinadi. 

Surishtiruvda shuningdek, Rossiya Federatsiyasi "FSB", razvedka va Mudofaa vazirligi uchun elektronika ishlab chiqarishga butlovchi qismlarni Qozog‘istonning Da Group 22 kompaniyasidan nemis chiplarini sotib oluvchi "Stek" firmasi Rossiyaga katta miqdorda olib kirayotgani aytiladi. "Stek", Da Group 22 va nemis distribyutorlari egalari bir oila a’zolaridir.

Umuman olganda, Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanganidan keyin Qozog‘istonga integral mikrosxemalarni import qilish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa – 35 million dollardan 75 million dollarga, Qozog‘istondan Rossiyaga mikrosxemalarni yetkazib berish hajmi esa 245 ming dollardan 18 million dollargacha oshgan, deb aniqladi surishtiruv mualliflari.

Dronlar esa, 2021 yilda Qozog‘iston Milliy statistika byurosining import-eksport bo‘yicha hisobotida umuman ko‘rinmagan, biroq 2022 yilda Qozog‘iston 5 million dollarlik dronlarni olib kelib, Rossiyaga 1,23 million dollarga yetkazib bergan, deb yozadi “Vajnyye istorii".

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top