7 Noyabr

Audioda ayrim maktab direktorlari «haromxo‘rlar» deb haqorat qilinadi.

5 Noyabr

Asaka tumanida joylashgan adirlikda yangicha usulda issiqxona qurilyapti. Havo o‘tkazmaydigan material emas, to‘rdan qoplangan issiqxonada bahordan kuzgacha “Net House” usulida mahsulot yetishtirish mumkin. Malina, pomidor va bodringni sinov tariqasida ekkan tashabbuskorlar hozir ilk hosilni ola boshlashgan.

4 Noyabr

2022 yil yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, avtomobillarni ijaraga berish va lizing xizmatlari bo‘yicha eng yuqori hajm Andijon shahrida qayd etilgan.

Qaysi hududda avtomobil va mototsikllarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash eng ko‘p amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

31 Oktabr

Baliqchi tumanidagi tadbirkor xorijiy brendlarning logotipidan foydalanib, kontrafakt sumkalar ishlab chiqargan. 3974 ta sumka Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” deb berilgan. Adliya vazirligi tadbirkorni jarimaga torttirdi, o‘quvchilarga boshqa sumkalar berildi.

27 Oktabr

Asaka tumanida ikki tadbirkor ichimlik suvi uchun quduq qazishda kelisholmayapti. Ulardan biri viloyat hokimining og‘zaki topshirig‘i bilan ishning ancha qismini bajarib qo‘ygan, ikkinchisi esa tenderda g‘olib chiqqan. Bu nizodan uchinchi tomon – oddiy odamlar yutqazyapti.

25 Oktabr

Yangiyo‘lda 32 sotix yerni sotishda gumonlanayotgan shaxslar ushlandi. Ulardan biri tuman Kadastrlar palatasi muhandisi bo‘lgan.

Baxtiyor Mamatkarimov Andijon tumani hokimi etib tayinlandi.

24 Oktabr

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026 yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum qildi.

23 Oktabr

Qirg‘izistonda 23 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:24 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi.

22 Oktabr

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida Umra ziyoratiga borishni istagan fuqarolarni aldab, pulini o‘zlashtirib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. 

20 Oktabr

Katta yong‘in bozordagi 56 ta do‘konni qamrab olgan. Ularning aksariyatidagi tovar-buyumlar kuyib, yaroqsiz holga kelgan. Vayronkor yong‘in sababi noma’lum, elektr tokidagi qisqa tutashuv degan taxmin bor. Kun.uz muxbiri yong‘in oqibatlarini tasvirga oldi, do‘kondorlar va shahar hokimi bilan suhbatlashdi.

Ko`proq yangiliklar
Top