14 Iyul

Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi ayol o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

12 Iyul

«O‘zgidromet» 12-16 iyul kunlari O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.

  “Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida 30 million so‘mlik tikuv mashinalarini noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi”, – deya xabar bermoqda viloyati bojxona boshqarmasi axborot bo‘limi.

10-13 iyul kunlari Oltiariq tumanida uzum yetishtirishda bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan seminar-treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan 500 nafardan ziyod vakillar ishtirok etmoqda.

10 Iyul

“Farg‘ona-Vodil” yo‘nalishida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 83 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy savdosi oldi olindi.” – deya xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot bo‘limi.

9 Iyul

Farg‘onaning Rishtonida qovun yetishtirayotgan Jumaqo‘zi akaning qo‘li qo‘liga tegmaydigan kunlar keldi. Hozir – 4 gektar yerga ekilgan qovunlari ayni pishgan payt. Ayniqsa, obi novvot navi hidi butun paykalni tutgan.

9-10 iyulda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

“Farg‘ona” chegara bojxona postidan o‘tgan yo‘lovchida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 25 800 AQSh dollari borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot bo‘limi xabar bermoqda.

8 Iyul

Toshloq tumani «Ko‘lariq» MFY, Beklar ko‘chasida yashovchi 22 yoshli ayol B.M. 4 iyul kuni soat 16:30 larda Katta Farg‘ona kanalining shu tuman «Xonaqa» MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘kib ketgan.

7 Iyul

O‘zbekiston tumani Do‘stlarobod qo‘rg‘onidagi korxonalardan birida muzqaymoq ishlab chiqariladi. Mazkur O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasida ayni paytda muzqaymoqdan tashqari sut mahsulotlari ham tayyorlanib, kungaboqar pistasi ham qadoqlanadi. 

“Vodil-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Damas”da  tegishli hujjatlarsiz 30 mln so‘mdan ortiq maishiy texnikalar va oyoq kiyim mahsulotlari to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

“Rossiyaning Yekaterinburg shahrida “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi. “Yekaterinburg-Ekspo” ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etilgan hamda 8 iyulgacha davom etadigan tadbirda Farg‘ona viloyati ham o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda", - deya xabar qilmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. 

Ko`proq yangiliklar
Top