26 Oktabr

Hodisa shu yili Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasida ro‘y bergan. Noto‘g‘ri inʼeksiya qilingani ortidan voyaga yetmagan ikki nafar bolaning oyoqlari ishlamay qolgan.

Farg‘ona viloyatida ham haydovchilik guvohnomasini berish bo‘yicha yangi imtihon markazi ochilishi kutilyapti. Bu haqda ijtimoiy tarmoq faollari xabar berdi.

25 Oktabr

Sentabr oyida respublika bo‘yicha 31 537 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

24 Oktabr

Baxtiyor aka ustachilik ortidan 5 farzandini oliygohda o‘qitadi. Ulardan to‘rt nafari shartnoma asosida o‘qiydi. O‘tgan yili to‘ng‘ich o‘g‘lini uylantirdi. Kelin ham universitetlardan birida shartnoma asosida tahsil oladi. Faqatgina kenja o‘g‘li Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga “grant”ga kirgan. 48 yoshli usta Rossiyada muhojirlikda ishlab yurgan kezida belidan grija orttirib qishlog‘iga qaytib kelgan.

23 Oktabr

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Oltiariqdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarida ovqatdan zaharlanish belgilari mavjud emasligini ma’lum qildi.

20 Oktabr

20-22 oktabr kunlari Marg‘ilon shahrida Xalqaro “Atlas bayrami” V an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Uni o‘tkazish uchun 2 milliard 457 million so‘m ajratilgan. Xarajatlar viloyat mahalliy budjeti va zaxira jamg‘armasi hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan. Birgina festival saytini ishlab chiqish va yuritishga 30 mln so‘m yo‘naltiriladi.

18 Oktabr

Qaysi hudud meva va sabzavotlar eksportida yetakchi ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

18 oktabr kuni ertalab soat 06:55 larda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona halqa yo‘lida harakatlanayotgan «HOWO» rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida shu ko‘chada joylashgan aholi yashash uyiga borib urilgan.

17 Oktabr

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Qipchoq qishlog‘ida paydo bo‘lgan daydi itlar chorvalarni nobud qilmoqda. Aholi bu holatdan sarosimaga tushib qolgan.

16 Oktabr

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida profilaktika inspektorlari tomonidan prokuratura va hokimlikka olib kelingan fermerlar binoga qamab qo‘yilib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan arizalarga qo‘rqitib qo‘l qo‘ydirilib, yerni topshirishga majburlandi. Bu kabi holatlar butun Farg‘ona bo‘ylab kuzatilayotgani aytilmoqda.

Yetti oylik chaqaloq sandaldagi cho‘g‘ga tushib ketadi. Shifokorlar bolani saqlab qolishning yagona yo‘li uning oyoqlarini kesib tashlash degan xulosaga kelishadi. 35 yoshga kirgan O‘lmasjon sog‘lom odamlardek mehnat qiladi va to‘rt muchasi omon ba’zi tengdoshlaridan yaxshi yashaydi.

15 Oktabr

Janubiy Koreya biznes vakillari Farg‘ona viloyati bilan hamkorlikni faollashtirmoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top