14 Sentabr

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida elektron gaz hisoblagich trubkasiga muhr o‘rnatmasdan gaz sarfini nolga tushirib foydalanib kelingani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.

11 Sentabr

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida qashqadaryolik haydovchi uxlab qolib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

10 Sentabr

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 6 yoshli bola asfalt yotqizishda ishlatiladigan maxsus texnika ostida qolib halok bo‘lgan.

Sharof Rashidov tumanida ro‘yxatdan o‘tgan qurilish kompaniyasida ish boshqaruvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro tuman hokimi tomonidan yoshlar uchun sport kompleksi qurishga ajratilgan 18 sotix yerni 15 000 dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma'lum qildi.

8 Sentabr

Jizzax viloyati hokimligida Azim Ahmadxo‘jayev o‘rniga viloyat hokimining yangi o‘rinbosari ish boshladi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qashqadaryolik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasining gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

6 Sentabr

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jizzax viloyatida joriy yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida 253 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari kapitan Farrux Abdurahmonov xabar berdi.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limi katta hamshirasi qo‘l ostidagi 33 nafar xodim nomiga kredit rasmiylashtirib, o‘zlashtirib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

30 Avgust

Prezident qarori bilan Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

28 Avgust

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi bo‘lgan qizchaning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

27 Avgust

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida «ZIL» yuk mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketib pastlikka qulagan. Oqibatda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top