13 Iyul

Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi aholini viloyatning ayrim tumanlaridagi dam olish maskanlariga vaqtincha bormay turishga chaqirdi. Bu tumanlar qatorida kuchli do‘l yog‘gan va sel yopirilgan Kosonsoydan tashqari Yangiqo‘rg‘on, Chust va Pop tumanlari ham keltirib o‘tilgan.

13 iyul kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida do‘l yog‘ishi ortidan kelgan sel odamlarni oqizib ketdi. FVV ma'lumotiga ko‘ra, 8 kishining jasadi topilgan, yana 6 kishi tabiiy ofatdan jabrlangan.

Namangan shahridagi xususiy shifoxonalardan birida navbatchilikda turgan ayolning tanishi uning yuziga kislota sepib, tilla qimmatbaho taqinchoqlari va telefonini olib qochib ketgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Namangan viloyatida Norin daryosining Uychi tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘kkan uch kishining ikki nafari odamlar tomonidan qutqarilgan. Bir nafarining jasadi esa viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi tomonidan daryo tubidan topilgan.

12 Iyul

Namangan shahar Davlatobod tumanida suv talashish ortidan sodir bo‘lgan janjal oqibatida fuqaro vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

«O‘zgidromet» 12-16 iyul kunlari O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.

10 Iyul

Reznikov Qrimga kelib qolgan rossiyaliklar sonini 500 ming kishi deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati Rossiya fuqarolarini yarimorolga maqsadli ravishda olib kelmoqda, natijada mahalliy aholi siquvga duch kelmoqda.

Namangan shahrida koronavirus bemorlarini davolash va taqsimlash uchun “Barkamol avlod” sport majmuasida tashkil etilgan markaz faoliyati qayta tiklandi.

Taniqli mutaxassis Namangan klubining bosh murabbiyi Viktor Jalilovga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.

Har qanday jamiyat faqat va faqat ilm yordamida rivojlanadi. O‘zbek jamiyatida ham, ayniqsa yoshlar orasida ilmning ommalashayotgani quvonarli holat. Kun.uz kelajagini ilm bilan bog‘lashni maqsad qilgan yoshlar bilan tanishtirishda davom etadi.

9 Iyul

9-10 iyulda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

Namangan viloyati Davlatobod tumanidan eski bomba topildi. Bu haqda Namangan viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ko`proq yangiliklar
Top