13 Iyul

Xatirchi tumanining Yangirabod mahallasida paydo bo‘lgan noma’lum yirtqich hayvon aholining mol-qo‘yiga hujum qilyapti. So‘nggi uch kun ichida maxluq tomonidan bir buzoq va 23 bosh qo‘y bo‘g‘izlab ketilgan. Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi ushbu hayvon chiyabo‘ri ekanligini bildirdi. Hudud aholisi esa chiyabo‘ri birdaniga bunchalik ko‘p qo‘yga zarar yetkaza olmasligini aytmoqda.

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan sobiq murabbiy ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

11 Iyul

Avtohalokatga haydovchi mashinani katta tezlikda boshqargani sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 30 boshdan ziyod qo‘yni noma’lum hayvon bo‘g‘izlab ketgani to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi. Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi rasmiy xabar bilan chiqdi.

7 Iyul

Karmana tumanidagi maktablardan birining yaqinida oxirgi 3 yilda 8 nafar o‘quvchi avtohalokatga uchragan. Sababi bu yerda 300dan ortiq o‘quvchi maktabga qatnash uchun xalqaro ahamiyatga ega M-37 avtomobil yo‘lini kesib o‘tishga majbur. Aholi hokimlikning shu muammoni yechish bo‘yicha boshlab qo‘ygan ishlari muammoni hal etmasligini aytyapti.

5 Iyul

Qoidabuzar tashkilotlar ro‘yxatida «O‘ztransgaz» AJ va «O‘zsuvta’minot» AJ «yetakchilik» qilmoqda.

2 Iyul

2022 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistonda 20,1 ming bosh tuya bo‘lgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

1 Iyul

Qariyb 25 yil Qiziltepa tumani hokimi vazifasida ishlagan Shabon Nabiyev yangi lavozimda ish boshladi. Endi u Navoiy viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasiga rahbarlik qiladi.

O‘zbekiston dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilindi.

30 Iyun

“Sanoat Energetika Guruhi” va “Kontiki-Exploration” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi eng yirik neft va bitum koni topildi. 

29 Iyun

Bugun, 29 iyun kuni Navoiy viloyatida havo haroratining mutlaq maksimal darajasi qayd etildi.

28 Iyun

Xatirchilik 19 yoshli ushbu ayol 6 oylik chaqalog‘ini 4 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan.

Ko`proq yangiliklar
Top