9 Oktabr

Samarqand shahridagi aeroport 1 oy muddatga yopiladi.

Samarqand viloyati Urgut tumanida geroin hamda opiy giyohvand moddalari va kichik elektron tarozi olib ketayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

8 Oktabr

Kattaqo‘rg‘on shahrida yuz bergan gaz portlashi haqida qo‘shimcha ma'lumot berildi. Qozog‘istonlik mehmon 50 foizga kuygan.

Kattaqo‘rg‘on shahridagi xonadonlardan birida gaz portlagan. Bu haqda «Kattaqo‘rg‘onshahargaz» gaz ta'minoti bo‘limi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand viloyatida 421 ming 884 kishi pensiya va nafaqa oladi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Ne'matov ma'lum qilgan.

7 Oktabr

Samarqand viloyatida joriy yil 9 oy davomida qarzdorligi tufayli 405 nafar jismoniy shaxs va 109 ta avtotransport vositasiga qidiruv e'lon qilingan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda g‘alla o‘rish kombaynini hujjatsiz boshqarib ketayotgan shaxsga chora ko‘rilgan.

Samarqand viloyati aholisi 4 milliondan oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 9 oy davomida Samarqand shahrida 124ta yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhom Hamroyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilingan.

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida mol-mulkiga taqiq qo‘yilgan qarzdor ota farzandlari uchun 189,5 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

6 Oktabr

Bugun O‘zbekistonda ko‘chalarning egasi yo‘q, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U xoh mahalliy, xoh davlat ahamiyatidagi yo‘l bo‘lsin chinakamiga egasiz qolgan.

AQSh Kongressi a'zolaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif buyurgan. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ular bilan uchrashgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top