10 Yanvar

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumani Chakka mahallasi aholisi bir yildan buyon gaz ta’minotisiz yashab kelayotgani haqida murojaat tarqalgan. Ushbu murojaat yuzasidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali munosabat bildirdi.

Samarqand viloyati Toyloq tumanida ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lib, ulardan 3 500 dollar olgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Urgut tumanida giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs uni sotayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

9 Yanvar

2022 yil prezident tomonidan «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qilindi. Mahallalarda amalga oshiriladigan islohotlar nimalardan iborat? Bu haqda Samarqand shahridagi «Bog‘imaydon» MFY raisi, keksa jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev o‘z fikrlarini bayon etdi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida shifokor, Payariq tumanida maktab direktori fuqarolarni ishga kiritib qo‘yish uchun pora olayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand - obidalar shahri, ertaklar shahri. Bobolarimiz qo‘li bilan qurilgan osmono‘par binolar o‘zligimizni anglashimiz uchun, muhim savollarga javob topishimiz uchun kerak: «kimmiz, kimlarning zurriyotimiz, zamon va makonning qaysi koordinatasidamiz?»

Ikki o‘g‘lini yo‘qotgan kambag‘al ota uchinchi bemor o‘g‘lini davolatishga olib ketishdan avval ehson qilib berdi.

8 Yanvar

Samarqand shahrida yangi rekonstruksiyadan chiqarilgan Bo‘stonsaroy ko‘chasi yoqasida joylashgan Yangi Xayrobod mahallasi ahli ular yashayotgan tor ko‘chaga kiradigan yo‘l yopilayotganidan mutlaqo norozi.

Samarqand viloyati IIB va DXX hamkorligida Jomboy tumanida yer sotish bilan bog‘liq korrupsion holatga chek qo‘yilgan. Jomboy tumanida hokimlik zaxirasidagi yerni 24 ming dollar evaziga fuqaroning nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan fuqaro hamda kadastr xodimi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand shahrida avtomobillardan narsa o‘g‘irlaydigan yigit qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

7 Yanvar

Samarqand shahrida 2005 yilda tug‘ilgan qiz uyali telefon talashish ortidan kelib chiqqan janjalda 75 yoshli ayolni o‘ldirganlikda ayblanib qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.

Samarqand shahridagi Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari kesishmasida uzoq kutilgan yo‘l o‘tkazgich tunnel ochildi. 31 dekabr kuni samarqandliklarga sovg‘a o‘laroq ochilgan tunnelda ishlar davom ettirilayotgani xabar berildi. Ammo yil boshida yog‘gan yomg‘ir yo‘l o‘tkazgich devorlaridan suv o‘tishiga sabab bo‘ldi.

Ko`proq yangiliklar
Top