12 Sentabr

Kun.uz hafta davomida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga doir asosiy yangiliklarini jamlab, kundaliklar berib boradi.

Bir yil muqaddam, 2021 yil 17 sentabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida mazkur uyushmada 2021-2022-yillarda raislik qilish navbati O‘zbekistonga o‘tdi. Bu davr xalqaro munosabatlarda misli ko‘rilmagan ziddiyatlar, beboshdoqlik va keskin o‘zgarishlar to‘lqiniga to‘g‘ri keldi.

Savdo-iqtisodiy va ishlab chiqarish aloqalarining jiddiy uzilishiga olib kelgan uch yillik “pandemiya tanaffusidan” so‘ng ShHT mamlakatlari va xalqlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot zarur. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning “Shanhay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasida aytilgan.

15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit o‘tkaziladigan kunlari Samarqand shahrining ayrim markaziy ko‘chalarida harakatlar cheklanishi avvaldan e’lon qilingan edi.

15–16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti tashkillashtiriladi. Samarqand shahri o‘ta muhim xalqaro anjuman oldidan o‘zgacha chiroy ochgan.

9 Sentabr

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi qaroriga ko‘ra umumta’lim maktablarida darslar 19 sentabrdan, oliygoh va texnikumlarda 26 sentabrdan boshlanadi. Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashida shu yil 31 avgust kuni qabul qilingan.

Ekologiya xodimlari tomonidan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitob qilinganida 1 milliard 204 million so‘mni tashkil etgan.

Avgust oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum qilindi.

7 Sentabr

Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan viloyat IIB tezkor shtabiga fuqarolardan tushayotgan savollar yuzasidan vakolatli davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Joriy yil 6 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar harakati 2022 yil 12 sentabr kunidan 18 sentabr kunigacha 7 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

6 Sentabr

Sinf rahbari o‘qituvchiga xos bo‘lmagan xislatda xatti-harakat qilgan, maktab direktori mas’uliyatsizlik qilib darsliklar va mashq daftarlari tarqatilish jarayonini nazoratga olmagan deb topilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top