8 Oktabr

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi 9-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini borib ko‘rdi.

Joriy yil 4 oktabr kuni Boysun tumanida futbol bo‘yicha 2-liga ishtirokchilari «Boysun-1975» va «Qumqo‘rg‘on 1977» jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tgandi. O‘yinda «Boysun-1975» jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan va futbolchilar o‘rtasida ommaviy janjal kelib chiqqandi. Viloyat futbol assotsiatsiyasining xabar berishicha, ommaviy janjal keltirib chiqarganlarga chora ko‘rilgan.

7 Oktabr

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida kichik yuk tashish mashinasiga 16 nafar odamni ortib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rilgan.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida firibgarlik jinoyatini sodir qilib qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi joriy yil 9 oy mobaynida bajarilgan ishlar hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra viloyat, tuman va shahar sudlarida 1 558 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlanganlarning 76,5 foizi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo olgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

6 Oktabr

Bir yil avval «Boysun tumanida uch kun ichida 7,5 mln so‘m ariqqa oqib ketyapti» sarlavhali lavha e'lon qilgandik. O‘sha maqola e'lon qilingach, muammo bartaraf etilgani haqida munosabat ham berilgandi.

Surxondaryo viloyatida 2-ligada qatnashuvchi jamoalarning Boysun tumanida bo‘lib o‘tgan o‘yinidan so‘ng futbolchilar o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol Sherobod tumanida yashovchi shaxsdan 176 million so‘mlik telefon apparatlari olib, pulini bermagan.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ommaviy janjal uyushtirgan ikki nafar shaxsni urib tan jarohati yetkazgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

5 Oktabr

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida qarzdor ota farzandlariga aliment o‘rniga Spark mashinasini bergan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ikkita qishloq ichimlik suvsiz qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi yo‘llardan biri sement zavodiga qatnayotgan og‘ir yuk mashinalari tomonidan yaroqsiz holga keltirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ko`proq yangiliklar
Top