23 Noyabr

Toshkent shahrida issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Gap 14 oktyabrda emas, balki keyinroq isitish tizimi yoqilgan fuqarolar haqida ketmoqda. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK xabar berdi.

Joriy yilning 17 noyabr kuni olib borilgan «Xavfsiz hudud» profilaktik tadbirlari davomida IIV, DXX va Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari muqaddam sudlangan 48 yoshli fuqaro o‘z uyida qurol yasash bilan shug‘ullanishini aniqlagan. 

22 Noyabr

Madaniyat va sport majmualari loyihasi taqdimot qilindi.

«Hududgaz Poytaxt» GTFning 2021 yilda mukammal ta'mirlash dasturiga kiritilgan Mirobod va Yashnobod tumanlari chegarasidagi Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida ko‘prik qurilishi munosabati bilan vaqtinchalik kesib qo‘yilgan halqalovchi yerosti o‘rta bosimli D-530 mm gaz quvurini qayta ulash ishlari rejalashtirilgan. 

19 Noyabr

Bugun, 19 noyabr kuni Toshkent shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasi oldida O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda benzin narxi oshishiga doir ko‘cha surati paydo bo‘ldi.

18 Noyabr

Toshkent shahri Chilonzor tumanida ota o‘z farzandi uchun 32000 AQSh dollari miqdorida aliment to‘lab berdi. Bu haqda majburiy ijro byurosi tomonidan Kun.uz’ga ma'lum qilindi.

Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimligidan olinib, qo‘mita rahbarligiga o‘tkazilishi mumkin.

DXX 3ta hududda yer sotish evaziga jami 700 ming dollarga yaqin pul talab qilgan fuqarolarni qo‘lga oldi.

Joriy yil 18 noyabr kuni Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni yaqinidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

17 Noyabr

Toshkentda ifloslangan qor yog‘ishiga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘ldi, deya ma’lum qildi “O‘zgidromet”. Kun.uz muxbiri g‘uborli qorga burkangan shahar manzarasida kun mavzusi haqida so‘z yuritdi.

16 Noyabr

«Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi va Rossiyaning «Transmashxolding» kompaniyasi Toshkent metropolitenini rivojlantirish konsepsiyasi bilan bog‘liq sohada hamkorlik memorandumini imzoladi.

13 Noyabr

Joriy yilning 2 noyabr kuni 7-sinf o‘quvchisi tomonidan eshigi ochiq qoldirilgan «Tracker» olib qochildi. Bu haqda IIV YHXBB tomonidan ma'lum qilindi.

Ko`proq yangiliklar
Top