13 Sentabr

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi, voqea oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Avgust oyida 4123 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Jamoat, sanoat binosi yoki yirik turar joy majmuasini foydalanishga topshiryapsizmi?

Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiyadan so‘ng uchta avtoturargoh ochildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports. 

12 sentabr kuni Toshkent aeroporti hududida auksion orqali g‘olib deb topilgan taksi xizmati ish boshladi. Taxi Airport Tashkent stikerlari tushirilgan, yukxonaga ega yangi benzinli avtomobillar uchib kelish zali chiqishida turadi.

12 Sentabr

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda yo‘lovchilar eng ko‘p foydalanuvchi avtobus yo‘nalishlarini ma’lum qildi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik suhbat jarayoni aks etgan video va fotosurat tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

11 Sentabr

Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminalida tutun paydo bo‘lishi oqibatida terminalda vaqtincha elektr ta’minoti o‘chirilgan. Uch reys kechiktirilgan.

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi xonadonlarning birida 10 sentabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

10 Sentabr

Farhod Dehqonov mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanyapti. Bosh prokuraturaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, u tadbirkorga daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berish orqali ularning nobud qilinishiga sharoit yaratib bergan bo‘lishi mumkin. Ekologiya mas’ullari tadbirkorning murojaatiga rad javobi berilganini aytishgandi.

Toshkent shahrining eng bahavo, salqin va ekologik toza qismi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek tumani markazida Ipak Yo’li turar joy majmuasi qad rostlamoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top