26 May

Prezidentning “Toshkent viloyatida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

24 May

Toshkent tumanida gaz quvurlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash munosabati bilan 24-27 may kunlari oralig‘ida gaz ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Toshkent tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Kun.uz manbasiga ko‘ra, Yangiyo‘l tumani Islohot mahallasi hududidan o‘tgan yo‘l yoqasida samarqandlik yigitning jasadi topilgan. 

Angrenda 8ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. IIV huzuridagi Tergov departamenti hodisa bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlarni ma'lum qildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Angrenda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan birlamchi ma'lumot berdi.

Toshkent viloyati Parkent tumanida baland tog‘likka ko‘tarilib, bedarak yo‘qolgan yigit topildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

23 May

Olmaliqda hokimlik tomonidan nogiron fuqaro uchun bepul berilgan kvartira shu uyni qurgan quruvchi tashkilot tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Shahar hokimligi bunday bo‘lmasligi uchun barcha harakatlar qilinishini aytmoqda.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari Komiljon Adilov kamomadda ayblanib qamoqqa olingan.

22 May

Qibray tumaniga qarashli bo‘lgan 21ta mahalla poytaxtning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.

21 May

Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanidagi 9 gektar yer maydoniga ekilgan qulupnay buzib tashlanayotganiga doir video tarqaldi. Kun.uz ushbu holatni to‘lig‘icha o‘rgandi.

20 May

Ikki yil avval o‘zbek dasturchilarini tayyorlaydigan «Bir million o‘zbek dasturchisi» (One million uzbek coders) loyihasi ishga tushgandi. Loyiha kurslarini o‘qib, yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlar 100 dan ortiq Nanodegree dasturlarining birida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududida Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. 

Ko`proq yangiliklar
Top