27 Iyun

Xorazm viloyati, Xiva shahrida sayyohlarga axborot-maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi markaz ishga tushirildi.

26 Iyun

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida respublika bo‘ylab «Kitobxonlik festivali» o‘tkazildi.

21 Iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati jamoasi, ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislari va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari professor-shifokorlari, jami 150 nafardan ortiq yetakchi mutaxassislar Xorazm viloyatida sog‘lomlashtirish aksiyasini o‘tkazdi.

18 Iyun

Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Xorazm viloyatida joylashgan madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish, ularga olib boruvchi infratuzilmani tiklash hamda “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiallarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

16 Iyun

Xorazm viloyati markazida «shahar ichidagi shahar» - Al-Xorazmiy majmuasi qurilishi boshlandi. 

14 Iyun

Professional futbol ligasi mutaxassislari Urganch shahrining «Xorazm» sport majmuasidagi holat bilan tanishib, muammolar va kamchiliklarni hal qilish bo‘yicha tavsiyalar berishdi. Stadionni avgust oyida ishga tushirish uchun bir necha shart va talab qo‘yilgan.

10 Iyun

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi tomonidan Urganch tumani yer maydonlarini qisman Urganch shahri tarkibiga o‘tkazish, Urganch tumani va Urganch shahri ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritildi.

8 Iyun

Joriy yil 2 iyun kuni Urganchda «Cobalt» haydovchisi pichoqlab ketilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

7 Iyun

Saylovda 1580 nafar nomzod ko‘rsatilgan, ularning 526 nafari raislikka saylangan. Oliy ma’lumotli mutaxassislar 99 foizni tashkil qilgan.

6 Iyun

Xivada «Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yinlari» II xalqaro turnir yakunlandi.

Oqdaryoda yashovchi shaxs 404 tup, Urganch tumanida yashovchi shaxs 547 tup ko‘knori o‘stirayotgani aniqlangan.

2 Iyun

Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Namangan viloyatida kuzatilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top