Jahon | 19:17 / 25.11.2021
8484
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya kompaniyasi Afg‘onistonda nashani qayta ishlash zavodi qurishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi

Avvalroq toliblar IIV matbuot markazi boshlig‘i Said Xo‘stiy ichki ishlar vazirining giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rinbosari Cpharm kompaniyasi vakillari bilan uchrashganini ma'lum qilgandi.

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Cpharm farmatsevtika kompaniyasi Afg‘onistonda nashani qayta ishlash zavodi qurishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.

“Biz Avstraliyadagi farmatsevtika korxonalariga konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatamiz. Bizning kompaniyamiz nasha bilan ham, “Tolibon” bilan ham aloqador emas. Biz toliblar press-relizi qayerdan olingani borasida hech qanday tushunchaga ega emasmiz”, — deyiladi korxona bayonotida.

Avvalroq toliblar IIV matbuot markazi boshlig‘i Said Xo‘stiy ichki ishlar vazirining giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rinbosari kompaniya vakillari bilan uchrashganini ma'lum qilgandi.

“Cpharm Afg‘onistonda gashishni qayta ishlash korxonasini tashkil etish uchun 450 mln dollar sarmoya kiritadi. Kompaniya bilan shartnomaning barcha bosqichlari yakunlandi, bir necha kundan keyin loyiha rasman ishga tushiriladi, bu bilan ko‘plab fuqarolar uchun ish o‘rinlari yaratiladi”, — degandi Xo‘stiy.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid