08:25 / 03.05.2024
19956

Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi

Fransiya prezidenti o‘zining avvalgi pozitsiyasini takrorlab, Rossiyaning g‘alabasini oldini olish uchun hech narsani istisno qilmasligini aytdi. Makron The Economist nashriga bergan intervyusida qaysi holatda Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor bo‘lishiga aniqlik kiritdi.

Foto: ED ALCOCK / MYOP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga g‘arb quruqlikdagi qo‘shinlarini Rossiyani tiyib turish vositasi sifatida yuborish imkoniyatini tasdiqlab, ushbu mavzu bo‘yicha muhokamalarni jonlantirib yubordi. «Agar ruslar front chizig‘ini yorib o‘tsa, Ukrainadan so‘rov bo‘lsa, biz haqli ravishda qo‘shin yuborish to‘g‘risida savolni berishimiz kerak. Bugungi kunda bunday bo‘lmayapti» dedi u 2 may, payshanba kuni chop etilgan Britaniyaning The Economist jurnaliga bergan intervyusida

Fransiya rahbari ittifoqchilarni bunday ssenariyni istisno qilmaslikka chaqirdi, chunki bu «Yevropa Ittifoqi xavfsizligi va nufuzining asosiy sharti» bo‘lib xizmat qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning Rossiyaning keyingi tajovuzini to‘xtata olishi «qizil chiziqlar bo‘lmasligi»ga bog‘liq. Makronning eslatishicha, Fransiya o‘z qo‘shinlarini Afrika davlatlari rahbarlari so‘raganda yordam berish uchun yuborgan edi. 

Rossiyani tiyib turishning ahamiyati 

«Bizning vakolatimiz tiyib turish qobiliyatiga bog‘liq. Bunda, nima qilayotganimizni yoki nima qilmoqchi ekanligimizni oshkor qilmasligimiz lozim. Men hech narsani istisno etmayman, chunki biz hech narsani istisno qilmaydigan odamga duch keldik», dedi Makron Rossiya prezidentini nazarda tutib.

G‘arb davlatlari o‘tmishda Ukrainaga tank va samolyotlar yuborishni istisno etib, juda ikkilanib kelgan, dedi Makron. «Biz o‘z vakolatimiz va Rossiyani tiyib turishimiz kontekstida noto‘g‘ri ish qildik», dedi Fransiya prezidenti va Rossiyaning fevral oyida Ukrainaga G‘arb qo‘shinlarini yuborish ehtimoli haqidagi so‘zlariga «tajovuzkor munosabati» bunday pozitsiya samaradorligini ko‘rsatganini ta’kidladi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov G‘arb qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroni muqarrar qilib qo‘yishini aytgan edi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top