Jahon | 20:18 / 15.02.2017
12357
2 daqiqa o‘qiladi

Singapur kelajak iqtisodiyotini barpo etadi

Shahar-davlat dunyoda davom etayotgan moliya-kredit inqiroziga qaramay gullab-yashnashda, rivojlanishda davom etadi. Aniqrog‘i, Singapur hukumati o‘z fuqarolarini shunday bo‘lishiga ishontirmoqda. Mamlakat aholisi esa, hukumat va'dasini shubha ostiga qo‘yishlariga hech qanday asosga ega emas. 

Shunday qilib, Singapur 7ta asosiy taraqqiyot yo‘nalishi: moliya, transport xizmatlari, logistika, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash, raqamli iqtisodiyot va ilg‘or ishlab chiqarishni tanlab oldi. 

Endilikda, xorijiy sarmoyadorlar Singapurda o‘z fondlarini ochishi osonroq bo‘ladi. Kelajak iqtisodiyoti bo‘yicha qo‘mita chet el sarmoyasini jalb qilish usullarini imkon qadar soddalashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada qulaylashtirish fikrini ilgari surmoqda. 

Aytish joizki, dunyoning aksar mamlakatlari uchun futurizm (kelajakka doir) hisoblanuvchi ayrim narsalar Singapur uchun haqiqatdir. Jumladan, yana o‘sha qo‘mita barchani zudlik bilan kiberxavfsizlikni o‘rganishga chaqirmoqda. Bu iqtisodiyot uchun ham, shahar-davlatning umumiy milliy xavfsizligi uchun ham muhim sohadir. 

Shu bilan birga, Singapurning barcha fuqarolari kelajak bozorlarida imkoniyatga ega bo‘ladi. Hozirdanoq, SkillsFuture nomli maxsus reja amalga oshirilmoqda. Uning yordamida istagan kishi yangi, istiqbolli kasbni egallashi mumkin. 

Ta'kidlash kerak, Singapur bir necha yillardan buyon dunyoning eng aqlli shaharlari ro‘yxatini tark etgani yo‘q. Bolalar raqamli savodxonlikni maktabgacha ta'lim muassasasida o‘rganishadi. O‘rta ta'lim sifati esa Osiyoda eng yaxshisi hisoblanadi. Ekspertlarning fikricha, 2050 yilga borib, Singapur 50 foizga elektrtransport bilan ta'minlanadi. Bugungi kundayoq, shahar ko‘chalarida bepul elektr taksilarni uchratish mumkin. 

Mavzuga oid