Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
Ikki mamlakat mudofaa vazirlari Dohadagi uchrashuvda mintaqadagi xavfsizlik sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni muhokama qildi.
Foto: O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov 21 may kuni Dohaga tashrif buyurib, Qatar bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hassan Ol Soniy bilan uchrashdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida mintaqadagi xavfsizlik sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangiliklar ko‘rib chiqilgan; mavjud sharoitlar hisobga olingan holda harbiy hamkorlik va qo‘shma muvofiqlashtirish jihatlari muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qatar 2023 yilda O‘zbekistonda o‘z elchixonasini ochgan edi.
Mavzuga oid
20:16 / 12.05.2026
Mudofaa vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
21:50 / 09.05.2026
O‘zbekistonliklar "Qatar Airways"ga ishga olinadi
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
20:13 / 19.03.2026