Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Italiya bilan qo‘shma ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Italiyaning Peskara - Yevropa Dizayn Universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini tobora kengaytirib bormoqda. Xususan, universitet Italiyaning Peskara - Yevropa Dizayn Universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Shuningdek, Peskara universiteti mutaxassislari tomonidan, KIUT’dagi professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun master klasslar tashkil etildi.
“Bugun biz Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladik. O‘zaro kelishuvlarga ko‘ra, endilikda, o‘zbekistonlik va italiyalik talabalar moda va dizayn yo‘nalishlarida o‘zaro ma’lumot va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, KIUT talabalari Summer school dasturlari orqali, Italiyaga borib bizdagi ta’lim tizimi bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Universitetda o‘tkazilayotgan bunday tadbirlarga kelish va talabalarning ishlanmalari bilan yaqindan tanishish biz uchun juda muhim. Umid qilamanki, bugun hamkorlikda o‘tkazilayotgan Fashion shou kelajakdagi ko‘plab hamkorliklarimizning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi”, - dedi Peskara universiteti direktori Mauritsio Lepore.
Italiyalik mehmonlar KIUT’da tashkillashtirilgan modalar namoyishida ham ishtirok etishdi. Ushbu modalar namoyishi universitetda 2019-yildan buyon “Liboslar dizayni” yo‘nalishi talabalari tomonidan hisobot tarzida o‘tkazib kelinadi. Ushbu ko‘rgazmada moda industriyasida o‘zini iqtidorli shaxs sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan yosh dizayner – talabalarning so‘nggi kolleksiyalari namoyish etiladi. Har bir talaba eng zamonaviy texnologiyalar, materiallar va g‘oyalarni qo‘llagan holda yaratilgan ijod namunalarini keng ommaga taqdim etadi.
Ushbu modalar namoyishi turli stillar, badiiy jarayonlar, tendensiyalarni qamrab olgan 30 dan ortiq liboslar to‘plamidan tashkil topgan. Talabalar o‘z to‘plamlarida “Ijod manbalari”, “Tabiat”, “Transformatsiya”, “Etno” kabi mavzular ustidagi izlanishlari va kreativ g‘oyalarini namoyish qiladilar.
Ushbu namoyish moda olamida rivojlanishning yangi bosqichiga aylanib, talabalarning professional va ijodiy o‘sishlariga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Web-page: www.kiut.uz
Telegram: t.me/kiut_official
Facebook: facebook.com/kiut.uz
Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal
Reklama
Mavzuga oid
14:24 / 06.12.2025
O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolari soni bir yilda qariyb 5 mingga ko‘paydi
15:05 / 28.11.2025
Italiya Nord Stream ishi bo‘yicha gumonlanuvchini Germaniyaga topshirdi
22:08 / 20.11.2025
So‘nggi yo‘llanmalar uchun kurash: Italiya va Turkiya raqiblarini bilib oldi
11:39 / 20.11.2025