O‘zbekiston | 16:35 / 12.07.2022
7679
5 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati davlatga don sotish shartnomaviy rejasini bajardi

Viloyatda joriy yilda 26 ta g‘allachilik klasterlari tashkil qilinib, 2022 yil hosili uchun 140 000 gektar suvli maydonlarda 6600 nafar fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida boshoqli don hosili yetishtirildi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Viloyatimizda yetishtirilgan joriy yilgi g‘allani nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish maqsadida har 2-3 ta kombaynni bittadan otryadga biriktirib, 176 ta otryadlar tashkil etildi. Viloyat hokimi Murodjon Azimov g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida o‘rim oldidan har bir tumanda bo‘lib, mavsumga shaylik holatini mutaxassislar ishtirokida nazorat ko‘rigidan o‘tkazgan edi. 

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Prezidentimiz tashabbuslari bilan don korxonalariga topshiriladigan tovar donning 80 foizi don korxonalari tomonidan o‘tgan yilga nisbatan ikki birobar qimmat narxlarda, ya’ni har bir tonna g‘alla uchun uch million so‘mdan to‘lab berilgan bo‘lsa, qolgan 20 foizi don korxonalari omborlarida saqlangan holda, bozor narxlarida birja savdolari orqali sotilib, fermerlarga to‘lab berildi. Bundan tashqari, qariyb 500 ming tonnadan ortiq g‘alla aholi va fermerlar ixtiyorida qolishi ham rizq-ro‘zimizning mul-ko‘lligidan dalolat.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Joriy yilgi shartnomaviy rejaga ko‘ra, davlatga 336386 tonna boshoqli don topshirish belgilangan bo‘lsa, bugungacha 336695 tonna don topshirildi va reja 100,1 foizga bajarildi. 

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Bu jarayonlarda Yakkabog‘ (120%), Kitob (119.8%), Shahrisabz (112.7%), Qamashi (111.2%), Chiroqchi (107.7%), Qarshi (104.2), Kasbi (103.3) va Koson (100.8%) tumanlari fermerlari yuqori natijalarni qayd etdi. Ayniqsa, Yakkabog‘ tumanidagi "Fayziyev Amir Farhodovich", "Jovliyev Dilmurod Abdishukurovich", "Boynazar o‘g‘li Sardorbek", "Abdurahmon", Shahrisabz tumanidagi "Ma’rufxon o‘g‘li Xalil", "Shaxzodabonu Farhod qizi", "Asadbek Mahmado‘st", "Yangiboyev Ahror", Chiroqchi tumanidagi "Nurimov Do‘stmurod Maxmurodovich", "Sho‘rquduq", "Tangir bobo", Kasbi tumanidagi "Boburshoh orzusi", "Qurbonov Rajabpo‘lat", "Nodirbek Xayrullayev", Nishon tumanidagi "Musurmon", "Dolliyev O‘tkir", "Jovliyev Abdirauf", "Daverov Abbos Baxriddin o‘g‘li", Muborak tumanidagi "Tursunboy Oynazarov", "Olam", Mirishkor tumanidagi "Yangi Jyeynov Durdonasi", "Yorqin", Kitob tumanidagi "Shoh Akbar", "Shodlik Shodon Sher", "Sarvar Doston oltin dalasi", "Bahriddin bobo avlodlari", G‘uzor tumanidagi "Bobur Isroilovich", "Abdimo‘minov Davronbek", "Tursunpo‘lat Daminov", Qarshi tumanidagi "Choriyev Mardon Nomozovich", "Sodivov Hamza Bahromovich", "Boymurodov Toshpo‘lat", Qamashi tumanidagi "Javlonbek sifat invest", "Haqqi o‘g‘li Ilhom" va Koson tumanidagi "Shodi Saidov", "Samandar Nur Diyor" hamda "Yuksalish Agro Fayz Sanoat" fermer xo‘jaliklari dalalarida hosil 75-80 sentnerni tashkil qildi.  

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Shuningdek, urug‘lik don topshirish ishlarida ham vohamiz mehnatkashlari faol. Ular mavsum boshidan 31505 tonna urug‘lik don topshirib, yuqori o‘rinlarda ketmoqda (90%). Bu natijalarda Nishon (107.4), Qarshi (107.3) va Yakkabog‘ (104.4%) tumanlari g‘allakorlarining hissasi katta.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Viloyatimiz g‘allakorlari tomonidan bugungacha davlatga 370 000 tonnaga yaqin shartnomaviy va urug‘lik don topshirganini hisobga olsak, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 50 ming tonnadan ziyod ekanligini ko‘rsatmoqda. 

Shu bilan birga, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni aholiga, ayniqsa, yoshlarga berish orqali suvsizlikka chidamli va kam suv talab qiladigan sabzavot, poliz, kartoshka, sholi, dukkakli, moyli ekinlar navlari va duragaylarini takroriy ekin sifatida ekish boshlab yuborilgan. (https://t.me/guzorpress/16793) 

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.Ⓣ

Mavzuga oid