Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:25 / 05.05.2015
5541
1 daqiqa o‘qiladi
Aktrisa Yayra Abdullayeva front konsert brigadasi tarkibida minglab o‘zbek jangchilarining ruhini ko‘targan
O‘n to‘rtga to‘lib-to‘lmagan jamalak soch qiz urushning suronli yillarida Gavhar Rahimova rahbarligidagi front konsert brigadasida o‘z faoliyatini boshlagan.
U ijro etgan qo‘shiqlar, raqslar minglab o‘zbek jangchilarining ruhini ko‘tarib, ko‘ngliga ma'naviy madad bo‘la olgan. O‘sha xushovoz qizcha – bugun O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva elimiz ardog‘idagi san'atkor.
O‘zAning xabar berishicha, 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi vakillari “Kasaba uyushmalari – faxriylarga” ijtimoiy aksiyasi doirasida Yayra opa singari urush va mehnat faxriylari xonadoniga borib, ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish