Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongress Obamadan Xitoyga qarshi jiddiy choralar ko‘rishni talab qilmoqda
AQSh Kongressi prezident Barak Obamadan XXRga qarshi jiddiy choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Bu haqda The Los Angeles Times gazetasi ma'lum qildi.
Nashrda yozilishicha, AQSh harbiylari orasida Xitoyga qarshi chaqiriqlarning kuchayishi oxir-oqibat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida, Xitoyning USS Fort Worth (LCS-3) kemasini nazorat qilishi AQSh rasmiylarini tashvishga solmoqda.
AQSh va XXR Janubiy Xitoy dengizining boy resurslari uchun kurash olib bormoqda. Hozircha bu kurash va moliya va iqtisodiyot sohasida ko‘zga tashlansa-da, uning keyingi darajaga o‘tishi va ochiq-oydin dushmanlikni keltirib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.
Jumladan, AQSh kongressmenlari Xitoy tomonidan tilga olingan dengiz hududida sun'iy orollar yaratilishiga qarshi prezident ma'muriyati tomonidan hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmayotganini tanqid ostiga olmoqda. Shu va boshqa loyihalarni to‘xtatish yoki ularga qarshi javob choralarini ko‘rish, Obama oldida turgan dastlabki vazifadir.
Yaqinda AQSh Janubiy Xitoy dengiziga kemalar va samolyotlarini jo‘natishi haqida xabar tarqaldi. Bu Xitoy tomonidan uning suverenitetini buzish deb baholanishi mumkin.