Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:25 / 18.05.2015
2783
1 daqiqa o‘qiladi
Liviyada 172 nafar Tunis fuqarosi terrochilar tomonidan qo‘lga olindi
Liviya poytaxtini nazorat ostiga olgan terrorchi guruhlar 172 nafar Tunis fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Tunis tashqi ishlar vazirligi vakili ma'lum qildi.
Aytilishicha, bu xatti-harakat Liviyada faoliyat yuritayotgan islom militsiya yetakchilaridan birining Tunisda qo‘lga olinishiga javob tariqasida amalga oshirilgan. Tunisning Afrika va arab davlatlari bo‘yicha davlat kotibi Tuxami Abduliyning Shems FM radiosiga ma'lum qilishicha, ayni paytda bu masalani siyosiy darajada hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish