Jahon | 16:19 / 18.05.2015
2014
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda KXShT xavfsizlik kengashlari qo‘mitasi to‘planadi

20 may kuni Tojikistonda Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, mintaqadagi xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi.
Agentlikning ma'lum qilishicha, tadbirda Rossiyadan vakil sifatida Federatsiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish