Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Kerri: AQSh KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytiradi
AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi joriy qilingan cheklovlarni yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri Seulda bo‘lib o‘tgan Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra berilgan bayonotda ma'lum qildi.
“Biz Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish metodologiyasini muhokama qilmoqdamiz”, – ta'kidlab o‘tdi Kerri jurnalistlar bilan muhokama chog‘ida.
Shuningdek, u iyunda Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda AQSh va XXR vakillari bu masalani chuqurroq muhokama qilishini ta'kidlab o‘tdi.