Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"IShID" Ramadini bosib olishda qum bo‘ronidan foydalangani ma'lum bo‘ldi
"IShID" jangarilari Iroqdagi muhim shaharlardan biri Ramadini egallash uchun hududda ro‘y bergan qum bo‘ronidan foydalangani ma'lum qilindi. Bu haqda The New York Times nashri xabar yozgan.
Qayd qilinishicha, qum bo‘roni AQSh samolyotlarining havodan hujum uyushtirishi hamda iroqlik askarlarga yordamga borishiga xalaqit qilgan.
"Qum bo‘roni vaziyatni nazorat qilishga imkon bermadi. Biz hal qiluvchi harakatni amalga oshira olmadik", deb axborot beradi AQShning Iroq hududidagi yuqori lavozimli harbiy amaldorlaridan biri.
Uning aytishicha, zabt etilgan bu shaharda AQShga tegishli harbiy qurol va texnika bo‘lmagan.