Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 03:30 / 19.05.2015
1621
1 daqiqa o‘qiladi
Kolumbiyada yer ko‘chishi oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi
Kolumbiyaning shimoli-g‘arbida yer ko‘chishi sodir bo‘lishi oqibatda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Yer ko‘chishi uzoq davom etgan jala sababli ro‘y berdi. Bu voqea Antokiya departamentining Salgar aholi punkti hududida sodir bo‘ldi. Ayni paytda o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Mahalliy mulozimlarning aytishicha, butun aholi punkti vayronaga aylangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish