Jahon | 05:09 / 19.05.2015
1524
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada ko‘chki tufayli 58 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilindi

And tog‘larining Kolumbiya hududida joylashgan shimoliy tizmalarida ko‘chki sodir bo‘lib, bu hodisa natijasida 58 kishining halok bo‘lgani rasman tasdiqlangan. Bu haqda Assosheyted Press xabar bergan.
Kolumbiya hukumati halok bo‘lganlar soni yanada ortishi mumkinligini ma'lum qildi. Ayni vaqtda o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos halokat ro‘y bergan hududga tashrif buyurgan hamda aholiga zarur yordamlar ko‘rsatilishi va vayron bo‘lgan uylarning qaytadan qurilishiga va'da bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish