Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida yadroviy qurol xarid qilish rejalari inkor etilmoqda
Saudiya Arabistoni hukumati Ar-Riyodning Pokistondan yadroviy qurol sotib rejalari haqidagi axborotni inkor qilmoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Britaniya gazetalarining ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni hukumati Eronda yadroviy qurol-aslaha ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilayotganidan xavfsirab, Pokistondan yadroviy qurol sotib olishni boshlashni rejalashtirmoqda.
“Buning nimasi yangilik ekanini tushunmayapman. Bunday xabar 18 yildan beri yangiliklarda berib borilgan edi, yana 15 yildan keyin ham beriladi”, deb aytdi Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi vakili ushbu xabarga izoh berib.