Jahon | 20:09 / 19.05.2015
1419
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya va Eron energetika sohasida bir qator kelishuvlarni imzoladi

Rasmiy Damashq va Tehron 19 mayda energetika, ishlab chiqarish, qurilish va neft sohasida bir qator kelishuvlarni imzoladi, deb xabar bermoqda Suriyaning SANA agentligi.

19 mayda Suriya poytaxtiga Eron islom inqilobi xalqaro masalalari bo‘yicha diniy rahbari maslahatchisi Akbar Viloyatiy yetib keldi. Eronlik diplomat o‘zining tashrifi davomida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi.

Viloyatiy Suriya prezidentini Tehron Damashqning o‘z davlatchiligini himoya qilishida hamda uning terrochilar va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarga qarshi kurashida qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ishontirdi.

Asad o‘z navbatida mintaqadagi ba'zi davlatlar, ayniqsa Saudiya Arabistoni va Turkiya Suriya xalqiga qarshi shafqatsiz jinoyatlar amalga oshirayotgan terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotgan bir paytda Eronning Suriya xalqiga ko‘rsatayotgan ko‘magi terrorchilikka qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

Suriyadagi to‘qnashuvlar 2011 yildan beri davom etmoqda hamda 220 ming kishining umriga zomin bo‘ldi. Suriya hukumati qo‘shinlariga qarshi turli harbiy tuzilmalar jangarilari jang qilmoqda. Ular orasida xorijiy yollanma jangarilar ham harakat qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish