Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ufadagi ShHT sammitida Eronning tashkilotga qabul qilinishi masalasi ko‘riladi
Ufada bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida tashkilotga a'zo davlatlar vakillari Eronning tashkilotga qabul qilinishi masalasini ko‘rib chiqadilar, deb aytdi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida.
“Vujudga kelgan vaziyatda Rossiya ShHTning Ufada o‘tadigan sammitida Eron yadro dasturini tartibga solishda progressga erishishga mos ravishda Eronni tashkilotga kiritishga tayyorligimizni ta'kidlovchi qaror qabul qilinadi. Bu sammitda Hindiston va Pokistonning ShHTga rasman qo‘shilishi jarayoni ochiladi”, deb aytdi Lavrov hamda ushbu sammitga hozirda ikki oy qolganda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.
Vazir ShHTga kirishga nomzod davlat BMT xavfsizlik kengashi sanksiyalari ostida bo‘lmasligi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.