Jahon | 10:12 / 19.05.2015
1988
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada ikki kishi issiq urishidan halok bo‘ldi

11-17 may orasida Yaponiyada havoning keskin isib ketishi tufayli ikki kishi issiqlik urishidan halok bo‘ldi, yana 480 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakat o‘t o‘chirish xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, o‘tgan hafta Yaponiyaning ko‘p hududlarida harorat 30 darajadan oshib ketdi. Bu fuqarolarga ma'lum qiyinchiliklar tug‘dirdi. Hozirga kelib harorat 20 darajadan pastga tushdi, yog‘ingarchilik kuzatilmoqda.

O‘tgan yili havoning mana shunday isib ketishi oqibatida 300 kishi halok bo‘lgan, 53 ming kishi shifoxonaga yotqizilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish