Jahon | 09:05 / 19.05.2015
1773
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDRni mintaqani rivojlantirishga to‘sqinlik qilishda aybladi

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Shimoliy Koreyaning harbiy provokatsiyalari tufayli mintaqa rivoji orqaga ketayotganligini ta'kidladi.
“Osiyo mintaqasi taraqqiyot uchun ulkan salohiyatga ega, ammo KXDR yadroviy tahdidlar va provokatsiyalar yo‘li bilan taraqqiyot arteriyalarini bo‘g‘ishda davom etarkan, Osiyoda haqiqiy o‘sish va barqarorlikni ko‘rish qiyin”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Shuningdek, u Janubiy Koreya o‘zaro muloqot o‘rnatishga harakat qilishini, kerak bo‘lganda esa shimoliy qo‘shnilarning provokatsiyalariga javob berishini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish