Jahon | 17:00 / 20.05.2015
5400
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta samolyot Moskva va Vladivostok o‘rtasida parvoz qiladi

Moskva va Vladivostokni bog‘laydigan havo yo‘lidan dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyot bo‘lmish Airbus A380 ucha boshlaydi. Bu haqda Primorsk o‘lkasi gubernatori Vladimir Miklushevskiyning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarnomada aytilishicha, aerobus parvozi joriy yilning yozida yo‘lga qo‘yiladi. Reysni “Transaero” aviakompaniyasi amalga oshiradi. Shunday turdagi samolyotlardan yana biri Moskva-Nyu-York yo‘nalishida ucha boshlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish