Jahon | 08:05 / 20.05.2015
1386
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada qutqarilgan muhojirlar soni 370 kishidan oshdi

Indoneziyaning Achex viloyati qirg‘oqlarida baliqchilar tomonidan qutqarilgan muhojirlar soni 374 kishiga yetdi. Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar bermoqda.
Ilgari indoneziyalik baliqchilar 102 muhojirni qutqarganini, ular orasida 30ta bola va 26ta ayol borligi ma'lum qilingandi. Shuningdek, yana 400 kishi Indoneziya sohillariga yaqinlashayotgani aniqlangan edi.
Aytilishicha, qutqarilganlar qochqinlar Myanma va Bangladesh fuqarolaridir. Shu tufayli Myanma tashqi ishlar vazirligi jahon hamjamiyatining ushbu davlatdagi muhojirlar muammosini tan olishini hamda imkon qadar dengizda qiyin ahvolda qolgan barcha fuqarolarga gumanitar yordam ko‘rsatishi haqida bayonot berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish