Jahon | 08:44 / 20.05.2015
1861
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyadagi o‘pirilish qurbonlari soni 70 kishiga yetdi

Kolumbiyaning Antiokiya departamentida sodir bo‘lgan yer o‘pirilishi qurbonlarining soni 70 kishiga yetdi, deb xabar beradi El Heraldo portali.
Kuchli yog‘ingarchilik natijasida kelib chiqqan o‘pirilish dushanba kuni departamentdagi Santa Margarita qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Uning natijasida 40 kishi yaralandi, 542 kishi boshpanasiz qoldi.
Ayni paytda halok bo‘lganlardan 20 nafarining shaxsi aniqlandi. Voqea joyida og‘ir texnika va vertolyotlar yordamida qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish