Jahon | 15:04 / 20.05.2015
1836
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada “nomuvofiq tashkilotlar” bo‘yicha qonun qabul qilindi

Rossiya Davlat Dumasi Rossiyada “nomuvofiq tashkilotlar” faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, “nomuvofiq tashkilot” deganda “Rossiya Federatsiyasi konstitutsion tuzumi asoslariga tahdid soluvchi” xorijiy yoki xalqaro nohukumat tashkilotlar tushuniladi.

Ularning faoliyatini mamlakat hududida taqiqlash haqidagi qaror bosh prokuror hamda uning yordamchilari tomonidan tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Bunday qarorning bekor qilinishi ham shu tartibga bo‘ysunadi.

“Nomuvofiq tashkilotlar” ro‘yxati adliya vazirligi tomonidan tuziladi va ommaga ma'lum qilinadi.

Shuningdek, hujjatga muvofiq, bunday tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar 5 mingdan 100 ming rublga qadar jarimaga tortilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish