Jahon | 18:25 / 20.05.2015
3677
1 daqiqa o‘qiladi

Siluanov Ukrainada defolt boshlanganini aytdi

Ukraina amalda defolt e'lon qildi. Bunday fikrni Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov bildirib o‘tdi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, vazir Ukraina Oliy Radasi 19 may kuni qabul qilgan tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lovlar moratoriyi to‘g‘risidagi qonunga mana shunday munosabat bildirgan.
“Amalda bu defolt demakdir. Hozircha e'tiroz bildirishga sabablarimiz yo‘q, lekin amalda iyunda ulardan 75 mln dollar olishimiz kerak”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Siluanovning aytishicha, Ukraina bu to‘lovni amalga oshirmagan taqdirda Rossiya xalqaro sudga murojaat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish