Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:01 / 20.05.2015
2402
1 daqiqa o‘qiladi
Suriyada maktabning o‘qqa tutilishi natijasida o‘qituvchi ayol halok bo‘ldi
Suriyaning Damashq shahrida joylashgan maktabning artilleriyadan o‘qqa tutilishi natijasida o‘qituvchi ayol halok bo‘ldi. Bu haqda voqea guvohlariga tayangan holda RIA Novosti muxbiri xabar qilmoqda.
Shuningdek, voqea joyida 22 nafar o‘quvchi jarohatlangan.
Ilgariroq Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi minomyotlardan o‘qqa tutilgani ma'lum qilingan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish