Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriya bilan chegarada havo patrulini kuchaytirdi
Turkiya Suriya bilan chegaraning havo patrulini ta'minlaydigan qiruvchi samolyotlar miqdorini ko‘paytirdi. Bu haqdagi xabar mamlakat harbiy kuchlari bosh shtabi tomonidan tarqatildi.
“10 dona F-16 samolyotlari Xatay viloyatidagi Turkiya-Suriya chegarasida patrul uchun qo‘yildi. Ulardan ikkitasi Suriya raketalarga qarshi kurash tizimi radiolokatorida 45 sekund davomida nishonga olinib turildi”, – deyiladi xabarnoma matnida.
Ilgarigi xabarlarga qaraganda, patrul jarayonida 2tadan 6tagacha samolyotlar ishtirok etayotgan edi.
Shuningdek, mudofaa vaziri Ismat Yilmaz seshanba kuni Turkiya harbiy havo kuchlari havo chegarasini buzgan Suriya vertolyotini urib tushirganini ma'lum qildi.