Jahon | 08:54 / 20.05.2015
3470
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada IShIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan tojikistonlik zobit qo‘lga olindi

Turkiyada yaqinda Tojikiston maxsus militsiyasi otryadining sobiq komandiri hibsga olindi. Asia Plus agentligining ma'lum qilishicha, u Tojikistonga qaytarib yuborilgan.
Ta'kidlanishicha, maxsus otryad komandiri Gulmurod Halimov soxta pasport bilan Suriyaga hududiga o‘tib ketishga harakat qilgan paytda qo‘lga olingan. Tojikiston ichki ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, u Suriya hududida IShID jangarilari tarkibiga qo‘shilishni rejalashtirgan.
Militsiyachi joriy yilning aprel oyida g‘oyib bo‘lgandi. Shundan so‘ng u xalqaro miqyosda qidiruvga berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish