Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodorkovskiy Rossiyada turli elatlar mavjudligi Kreml uchun asosiy muammo ekanligini aytdi
Rossiyaning diniy va milliy xilma-xillikka egaligi mamlakatning asosiy xavfsizlik muammosi bo‘lib qolmoqda, deb aytdi Mixail Xodorkovskiy. U bu fikrni The New York Times gazetasidagi kolonkasida ma'lum qilgan.
Xodorkovskiyning aytishicha, Millatlar ishlari bo‘yicha Federal agentlikni yaratishdan maqsad “bunday miqyosdagi ko‘p elatli aholini bir butun qilib jipslashtirish” muammosini hal etishdan iborat.
Avvalroq yangi tashkil etilgan Millatlar ishlari bo‘yicha Federal agentlik rahbari etib Igor Barinov tayinlangani ma'lum bo‘lgandi. Barinov o‘zining ishida aynan qanday yo‘nalishda ish olib borish ustuvor bo‘lishini bilmasligini aytdi, biroq eng ko‘p sondagi muammolar Shimoliy Kavkazda vujudga kelishini ta'kidlab o‘tdi. Barinov Shimoliy Kavkazda eng katta taraqqiyotga erishgan mintaqa sifatida Chechenistonni keltirib o‘tdi.