Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Suriya qo‘shinlari shaharni tashlab chiqqan.
Jangarilarning tarixiy shaharni bosib olishi undagi antik madaniyat yorgorliklari yo‘q bo‘lib ketishiga jiddiy xavf solmoqda. Avvalroq terrorchilar Iroqning Xatra va Nimrud shaharlaridagi tarixiy obektlarni yo‘q qilgan edi.
Qayd etish joizki, Suriyaning tarixiy shahriga hujum bo‘lishi avvalroq ma'lum bo‘lgan edi. Bir necha yuz yodgorlik Palmiradan evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. Ammo ularning aksariyati transportda tashish mumkin bo‘lgan kichik tarixiy ashyo hisoblanadi.
Mazkur shahardagi asosiy madaniy yodgorliklar eramizdan avvalgi 1-2 asrlarga oid bo‘lib, bu vaqtda Suriya hududi Rim imperiyasining bir qismi bo‘lgan.