Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Lavrovni mukofotladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni birinchi darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda Interfaks.
Ta'kidlanishicha, tashqi ishlar vaziri “Rossiya tashqi siyosiy kursini amalga oshirishdagi alohida xizmatlari va ko‘p yillik diplomatik faoliyati” uchun mukofotlangan.
Shuningdek, Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, artist Vladimir Zeldin, olim Yevgeniy Velixov, gimnastika ustasi Larisa Latinina, Fanlar Akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Anatoliy Grigorev, Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi rahbari Ravil G‘aynuddinov, kardiolog Yevgeniy Chazov, I. M. Sechenov nomidagi davlat tibbiyot universiteti rektori Pyotr Glibochko va fazogir Roman Romanenkolar turli darajadagi orden va medallar bilan taqdirlandilar.