Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada zilzila bo‘lib o‘tdi
21 maydan 22 mayga o‘tar kechasi Angliya janubida Kent grafligida 4,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi.
Britaniya geografik jamiyatining xabar berishicha, yer osti silkinishi Sendvich shahri yaqinida 15 km chuqurlikda mahalliy vaqt bilan soat 02:52 da sodir bo‘lgan.
Politsiyaning xabar berishicha, qurbonlar yoki vayrongarchiliklar haqida hech qanday ma'lumot olinmagan. Politsiyaga faqatgina zilziladan cho‘chib uyg‘onib ketgan odamlarning ko‘p sondagi qo‘ng‘iroqlari kelib tushgan.
Yaqin atrofdagi Ramsgeyt, Margeyt, Kenterberi va Esseks grafligidagi Sautend shaharlarida ham yer silkinishi sezilgan. Ko‘pchilik biror aviafalokat yuz berdi yoki bomba portladi, deb o‘ylagan.
Flit shahri vakili o‘zining tvitterida uning uyi biroz shikastlangani va u rafiqasi bilan o‘zining furgonli mashinasiga vaqtinchalik ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri kelganini yozgan.