Jahon | 17:30 / 22.05.2015
8318
2 daqiqa o‘qiladi

Palmirada o‘zbekistonlik va dog‘istonlik jangarilardan iborat guruh yo‘q qilindi

RIA Novosti agentligining xabar berishicha, Palmira uchun bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar davomida O‘zbekiston va Rossiya fuqarolaridan iborat jangarilar guruhi yo‘q qilindi.

Suriya qurolli kuchlari vakilining ma'lum qilishicha, Tadmor atroflaridagi armiya blokpostlaridan birida 40 jangaridan iborat otryad yo‘q qilingan. Jasadlarni tekshirish davomida topilgan hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, otryad O‘zbekiston va Dog‘iston vakillaridan iborat bo‘lgan.

Jangarilar blokpostga yuk mashinasida yaqinlashib, uni portlatib yubormoqchi bo‘lgan, ammo suriyalik jangchilar ularni tuzoqqa tushirib, yuk mashinalarini vaqtida o‘qqa tutgan. Otishma chog‘ida jangarilarning katta qismi o‘ldirilgan va faqat ikki nafari asirga tushgan.

Harbiylar bergan ma'lumotlarga qaraganda, o‘ldirilganlar gruziyalik chechen Abu Umar Shishoniyning guruhi a'zolari bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, guruh O‘rta Osiyo va Kavkaz vakillaridan iborat bo‘lib, jangarilar o‘zaro rus tilida muloqot qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish