Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Moliya vazirligi milliarder Vladimir Potaninga qarshi sudga da'vo arizasi berdi
22 may kuni Rossiya Moliya vazirligi milliarder Vladimir Potaninga qarshi sudga da'vo arizasi berdi. Boyligi 15,5 mlrd ga baholanayotgan tadbirkor Rossiyaning eng boy fuqarosi hisoblanadi.
Moskva Arbitraj sudi tomonidan ushbu da'vo arizasi qabul qilindi. Uning mazmuni va talab qilinayotgan pul miqdori ma'lum qilinmagan, biroq Moliya vazirligi Potanindan tashqari International Investments Ltd kompaniyasi va turli kompaniyalarda top-menejyerlar bo‘lib ishlovchi yana bir nechta odamni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.
International Investments Ltd. Potaninga tegishli “Interros” xoldingining sho‘ba kompaniyasi hisoblanadi.