Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:20 / 22.05.2015
4298
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistonidagi masjidda jangari kamikadze o‘zini portlatdi
22 may kuni Saudiya Arabistonidagi masjidlardan birida portlash yuz berishi natijasida o‘nlab begunoh kishilar qurbon bo‘ldi. Bu haqda Reyter xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu terakt oqibatida kamida 30 kishining o‘limi tasdiqlangan, yana 150 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.
Guvohlarning ma'lum qilishicha, masjidga shia mazhabiga mansub terrorchi kirib kelgan va tanasiga o‘rnatilgan bombani harakatga keltirgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish